Accessibility links

Daryo boshidagi suvga tashna xalq

Tojikiston suv zaxirasi boʻyicha dunyoning yetakchi davlatlaridan biri. Markaziy Osiyoning 60 foizdan ortiq suv zaxirasi aynan Tojikiston hududida joylashgan. Shunga qaramay, mamlakat aholisining 49,6 foizi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan.

Mutaxassislar fikricha, buning ikki asosiy sababi bor: mamlakat tabiati va suv resurslarining murakkab joylashuvi hamda mamlakatning iqtisodiy qashshoqligi.
Chuchuk suv, ayniqsa, qishloqlarda tanqis. Qishloq aholisining 56,6 foizi sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan.
Quyida Tojikistonning Istaravshan va Devashtich tumanlari orasida joylashgan “Kattasoy” suv ombori sohilidagi qishloqlardan fotolavha taqdim etamiz. Bu qishloq odamlari yerdan sizib chiqadigan buloq suvidan ichadi. Hovli betidagi ekinlarini sugʻorish uchun chuqur quduqlar qazishgan.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG